Bog‘lanish
Boshqa sohani tanlash

Yechimlar · Qurilish

Obyekt, material va xarajatlar nazoratda.

Qurilishda pul, material va ish hajmi bir nechta obyekt, pudratchi va chat orasida tarqaladi. Byudjetdan oshganingiz ko‘pincha pul sarflangach ma’lum bo‘ladi. Quyida ko‘p qavatli turar-joy obyekti misolida ko‘ring.

Namuna Raqamlar, nomlar va ekranlar tushuntirish uchun. Har bir tizim sizning jarayoningizga moslab quriladi.

01/07Byudjet

Xarajatni tasdiqlashdan oldin byudjetga ta’sirini ko‘ring.

Xarid so‘rovi byudjetni ko‘rmasdan tasdiqlansa, ortiqcha xarajat pul to‘lab bo‘lingandan keyin ma’lum bo‘ladi.

Tasdiqlash oynasida byudjet, haqiqiy xarajat va shartnomalar bo‘yicha majburiyatlar ko‘rinadi. Yangi so‘rov qoldiqqa qanday ta’sir qilishi oldindan ma’lum.

So‘rovni tasdiqlash yoki byudjetni qayta ko‘rish loyiha rahbari qarori.

Xarid so‘rovi № 0347 · tasdiqlashNamuna
  • Haqiqiy xarajat
  • Shartnoma majburiyati
  • Yangi so‘rov

Karkas: beton va armaturamln so‘m

742310236Byudjet 1 200

Tasdiqlansa, byudjetdan 88 mln oshadi

Pardozlash ishlarimln so‘m

120260Byudjet 900
Karkas qoldig‘i148 mln
So‘rov: armatura 18 t236 mln
Ta’sir−88 mln
LLoyiha rahbari1-bosqich: 11 t (144 mln) byudjet ichida tasdiqlandi. Qolgan 7 t qo‘shimcha byudjetni kutadi

02/07Material ta’minoti

Material so‘rovi chatda yo‘qolib ketmasin.

Prorab so‘rovni chatga yozadi, kimdir tasdiqlaydi, kimdir sotib oladi. Material obyektga yetib keldimi, qancha keldi, aniq javob yo‘q.

So‘rov, tasdiq, xarid, yetkazish va obyektda qabul bitta yozuvda yuritiladi. Har bir qadamning mas’uli va sanasi ko‘rinadi.

Qabul qilishda miqdor va sifatni prorab tasdiqlaydi.

So‘rov № 0347Namuna
Armatura A500, 12 mm · 1-bosqich, 11 tA blok · 7-qavat plita
  1. So‘rovProrab · 4-noy
  2. Tasdiq11 t, byudjet ichida
  3. XaridTa’minot
  4. YetkazishYuk xati: 11 t
  5. Qabul0,4 t kam

So‘rov tarixi

  • 04.11Prorab so‘rov yaratdi: 18 t
  • 05.111-bosqich tasdiqlandi: 11 t, qolgan 7 t byudjet kutmoqda
  • 06.11Buyurtma berildi, yetkazish 9-noyabr
  • 09.11Yuk xati: 11 t
  • 09.11Obyektda tortildi: 10,6 t, 0,4 t kam. Ta’minotchiga xabar berildi

Bu ma’lumot kimlarga ko‘rinadi

  • PProrab
  • TTa’minot
  • LLoyiha rahbari
PProrabQabul dalolatnomasini imzoladi

03/07Obyekt ombori

Qaysi ishga qancha material ketganini biling.

Material obyektga kelgach, uning qaysi ishga ketgani ko‘rinmaydi. Ortiqcha sarf yoki yo‘qotish hisob-kitob oxirida chiqadi.

Obyekt omboridagi kirim, obyektlararo ko‘chirish va ishga berilgan material yuritiladi. Ish turi bo‘yicha sarf loyihaviy hajmga solishtiriladi.

Og‘ish sababini prorab izohlaydi, texnik nazorat baholaydi.

Beton M300 · A blokNamuna
Ish turiLoyihaIshga berildiOg‘ishHolat
Fundament plitasi420 m³…426 m³…+1,4%…Me’yorda
1-qavat plitasi64 m³…65 m³…+1,6%…Me’yorda
2-qavat plitasi64 m³…71 m³…+10,9%…Tekshirish
3-qavat plitasi64 m³38 m³—Jarayonda

2-qavat plitasi · 7 m³ ortiqcha

  1. 4 m³ B blokka ko‘chirilgan, hujjat kiritilmagan
  2. Prorab izohi: 3 m³ qolipdan oqib ketgan
TTexnik nazoratIzohni baholaydi

04/07Ish hajmi va to‘lovlar

Bajarilgan ish, avans va to‘lov bir-biriga mos kelsin.

Dalolatnomalar, shartnoma shartlari, avanslar va to‘lovlar alohida yuritilsa, pudratchiga ortiqcha to‘lash yoki avansni ushlab qolishni unutish oson.

Tasdiqlangan ish hajmi shartnoma narxi, avans va oldingi to‘lovlar bilan solishtiriladi. To‘lanadigan summa hisoblanib, tasdiqqa chiqadi.

To‘lovni moliya direktori tasdiqlaydi.

Pudratchi to‘lovi · oktyabrNamuna

BAJARILGAN ISHLAR DALOLATNOMASI № 7

Monolit ishlari pudratchisi

DavrOktyabr
Beton ishlari128 m³
Narx, 1 m³1 450 000
To‘lovga185 600 000
BandDalolatnomaTizim
Hajm128 m³128 m³✓
Narx1 450 0001 450 000✓
Avans qoplash, 30%055 680 000TafovutTekshirildiAvansni qoplash uchun dalolatnoma summasining 30% ushlab qolinadi. Qoplanmagan avans 300 mln dan 244,32 mln ga tushadi. To‘lovga 129 920 000 so‘m chiqarildi.
MMoliya direktoriTo‘lovni tasdiqladi

To‘lovga tayyor: 129 920 000 so‘m

05/07Muddatlar

Kechikish og‘zaki emas, sababi va mas’uli bilan ko‘rinsin.

Ish kechikkani yig‘ilishda og‘zaki aytiladi. Qaysi ish qaysi ishga bog‘liqligi va kim javobgarligi aniq bo‘lmasa, bitta kechikish zanjir bo‘lib ketadi.

Bosqichlar, ular orasidagi bog‘liqlik, mas’ul va kechikish sababi bitta jadvalda yuritiladi. Bitta kechikish keyingi ishlarga qanday ta’sir qilishi ko‘rinadi.

Resurs qo‘shish yoki muddatni o‘zgartirishni loyiha rahbari hal qiladi.

A blok · bosqichlarNamuna
45-h464748495051527-qavatPlita8-qavatDevorlarLiftShaxtaTomTom ishlari
Plita
Plita · +1 hafta
Devorlar
Devorlar · +1 hafta
2 brigada
Lift shaxtasi
Tom

7-qavat plita

SababArmatura 0,4 t kam keldi
Mas’ulTa’minot bo‘limi
Ta’sir8-qavat devorlar: +1 hafta
Yechim2-brigada, tom muddati saqlanadi
LLoyiha rahbariQo‘shimcha brigadani tasdiqladi

06/07Yakuniy xarajat

Obyektni tugatish uchun yana qancha pul kerak?

To‘langan summa ma’lum, lekin imzolangan shartnomalar va hali boshlanmagan ishlar hisobga olinmasa, loyiha qanchaga tushishi noaniq qoladi.

Haqiqiy xarajat, ochiq shartnoma majburiyatlari va qolgan ishlar prognozi alohida yuritiladi. Ular qo‘shilib, loyihaning yakuniy narxi ko‘rinadi.

Prognozni loyiha rahbari va moliya birga tasdiqlaydi.

A blok · yakuniy xarajatNamuna
Loyihaning taxminiy yakuniy xarajatimlrd so‘m
Byudjet
  • Haqiqiy xarajatQabul qilingan ishlar14,2
  • Ochiq majburiyatlarImzolangan, hali bajarilmagan shartnomalar4,6
  • Qolgan ishlar prognoziShartnomasi yo‘q ishlar smetasi3,9
Yakuniy prognoz22,7
Byudjet21,5
Tugatish uchun yana8,5 mlrd
Byudjetdan farq+1,2 mlrd · +5,6%

Har bir summa bir marta hisoblanadi: shartnoma bajarilgach, u majburiyatdan haqiqiy xarajatga o‘tadi. Naqd pul rejasi alohida: unga to‘lanmagan qabul qilingan ishlar va to‘lov muddatlari ham kiradi.

LLoyiha rahbariPrognozni moliya bilan tasdiqlaydi

07/07Umumiy holat

Pul, material va muddat bitta obyekt ko‘rinishida.

Byudjet moliyada, material ta’minotda, muddat esa prorabning daftarida bo‘lsa, rahbar obyekt holatini yig‘ilishda bo‘laklab eshitadi.

Obyektning puli, materiali va muddatlari bitta ma’lumot asosida ko‘rinadi.

Tizim e’tibor talab qiladigan holatlarni ko‘rsatadi. Qarorlar sizda qoladi.

Umumiy holat · A blokNamuna
  1. 01ByudjetKarkas: 88 mln qo‘shimcha byudjet tasdiqlanmaganKutilmoqda
  2. 02Ta’minot№ 0347: 0,4 t armatura kam keldiOchiq
  3. 03Obyekt ombori2-qavatda 7 m³ ortiqcha beton sarfi tekshirilmoqdaTekshiruvda
  4. 04PudratchilarDalolatnoma № 7: 129,9 mln to‘lovgaTasdiqlandi
  5. 05Muddatlar8-qavat devorlar: 2-brigadaRejada
  6. 06PrognozYakuniy narx: 22,7 mlrd so‘mByudjetdan +5,6%

Armatura so‘rovi № 0347: bitta tarix

ByudjetTa’minotMuddatPrognoz

E’tibor talab qiladigan holatlar

  • Ta’minotchidan 0,4 t armatura talab qilinishi kerakTTa’minot
  • Karkasga 88 mln, butun loyihaga 1,2 mlrd qo‘shimcha byudjet kerakLLoyiha rahbari

Bog‘lanish

Qaysi jarayonni yaxshilashdan boshlaymiz?

Biznesingizdagi vaziyatni aytib bering. Birinchi suhbatda muammoni va keyingi qadamni birga aniqlaymiz.

Yoki qisqacha yozib qoldiring