Yechimlar · Logistika
Haydovchi arizasidan mijoz to‘lovigacha.
AQShda ishlaydigan yuk tashish kompaniyasida har bir bo‘lim o‘z ishini qiladi, lekin ma’lumot ko‘pincha chat, jadval va bir nechta tizim orasida tarqalib ketadi. Quyida bitta truck va bitta load misolida jarayonlar qanday bog‘lanishini ko‘ring.
AQSh bilan ishlaydigan dispetcherlik va yuk tashish (US trucking) kompaniyalari uchun. Ekranlardagi atamalar AQSh tizimlaridagidek inglizcha: truck – yuk mashinasi, load – yuk (reys), dispatch – reyslarni taqsimlash, HOS – haydovchining ish vaqti limiti, POD – yetkazib berilganini tasdiqlovchi hujjat, rate con – narx kelishuvi. Mahalliy logistika jarayonlari alohida o‘rganiladi.
Namuna Raqamlar, nomlar va ekranlar tushuntirish uchun. Har bir tizim sizning jarayoningizga moslab quriladi.
01/07Recruiting
Haydovchi murojaat qildi. Javobni uzoq kutmasin.
Bir xil savollarga javob berish recruiterning vaqtini oladi. Kech javob berilgan murojaat esa yo‘qotilgan nomzodga aylanishi mumkin.
AI yordamchisi dastlabki suhbatni olib boradi, kerakli ma’lumotlarni yig‘adi va recruiter uchun tartiblaydi.
Ishga olish bo‘yicha qarorni jamoangiz qabul qiladi.
Nomzod bilan yozishma · SMS
Nomzod profili
- CDL toifasi
- —A
- Tajriba
- —4 yil, asosan OTR
- Yashash joyi
- —Columbus, OH
- Uyga qaytish
- —2 haftada bir
- Boshlash
- —Keyingi dushanba
02/07Dispatch
Har bir truck uchun load qidirishga ortiqcha vaqt ketmasin.
Truck joylashuvi, haydovchining ish vaqti (HOS) va load shartlarini turli oynalarda tekshirish qarorni sekinlashtiradi.
Tizim mavjud ma’lumotlar asosida mos variantlarni saralaydi: trailer turi, pickup masofasi, qolgan ish vaqti.
Dispatcher masofa, narx va keyingi reysni hisobga olib tanlaydi. Bron va broker bilan kelishuv uning qo‘lida.
Dry van · HOS: 9 soat 10 daqiqa qoldi
DDispatcherAtlanta yo‘nalishi tanlandi. Tizim hech narsani bron qilmaydi.
03/07Updating
“Truck qayerda?” degan savolga javob tayyor bo‘lsin.
Joylashuvni tekshirish va bir xil xabarni qayta yozish vaqt oladi. Kechikish esa mijozga vaqtida aytilmay qolishi mumkin.
ELD va TMS ma’lumotlari asosida holat yangilanadi. Kechikish ehtimoli yoki noaniq vaziyat mas’ul xodimga ko‘rsatiladi.
Noaniq holatda xabarni updater tekshiradi va o‘zi yuboradi.
Kelishilgan yetkazish vaqti
08:00–10:00 ET
ETA
08:4010:25
Truck 52 daqiqadan beri joyida turibdi. Yangi ETA kelishilgan vaqtdan keyinga chiqmoqda. Sababi noma’lum: haydovchidan so‘raldi.
Haydovchi javobidan keyin tayyorlangan xabar
Load #48213: truck is near Birmingham, AL. The driver reports heavy traffic on I-20. Updated ETA 10:25 AM ET. We will confirm on arrival.
04/07Hujjatlar va billing
Yuk yetkazildi. Hisob hujjat kutib qolmasin.
Kech kelgan POD yoki hujjatdagi tafovut invoice tayyorlashni cho‘zadi.
Hujjatlar tegishli loadga biriktiriladi va asosiy ma’lumotlar rate confirmation bilan solishtiriladi.
Tafovutni billing xodimi tekshiradi. Tekshiruvdan so‘ng invoice tayyorlanadi.
PROOF OF DELIVERY
Haydovchi ilovasi orqali skan
Load #48213 ga biriktirildi
Invoice uchun tayyor
05/07Accounting
Qaysi load uchun pul tushdi, qaysi biri hali ochiq?
Load, invoice va tushumlar alohida yuritilganda, yuborilmagan hisoblar va undirilmagan qarzlarni kuzatish qiyinlashadi.
Load, invoice va to‘lovlar solishtiriladi. Ochiq qarzlar, to‘lov muddatlari va mijozning va’dalari bir joyda ko‘rinadi.
Kimga qachon eslatish va nizoli holatni qanday hal qilishni accounting xodimi belgilaydi.
Load #48213 tarixi
- Yetkazildi, POD tekshirildi · 11/14
- INV-1043 brokerga yuborildi · 11/14
- To‘lov muddati: 12/14 (Net 30)
- Eslatma yuborildi. Broker 12/10 gacha to‘lashga va’da berdi
- ACH tushum $2,350 · INV-1043 bilan solishtirildi
06/07Fleet, safety va fuel
Servis va hujjat muddatlari e’tibordan chetda qolmasin.
Truck tarixi, servis rejasi va hujjatlar turli fayllarda bo‘lsa, muhim vazifa unutilishi mumkin.
Muddatlar, servis vazifalari va tekshirish kerak bo‘lgan fuel operatsiyalari bir joyda jamlanadi. Har bir vazifaning mas’uli va keyingi qadami ko‘rinadi.
Tizim muddatni eslatadi. Talablarga muvofiqlik uchun javobgarlik safety jamoasida qoladi.
Truck 214 · sleeper, dry van
Odometr 412 380 miOxirgi PM 09/28
- ServisPM servis: moy va filtrlar2 400 mi qoldiRejadaFFleet menejer
- Truck hujjatiYillik inspeksiya18 kun qoldiYaqinlashmoqdaSSafety
- HaydovchiMedical card muddati21 kun qoldiYaqinlashmoqdaSSafety
- FuelKarta OH’da ishlatilgan, ELD bo‘yicha truck TX’da11/13 06:12Tekshirish kerakAAccounting
07/07Umumiy holat
Har bir bo‘lim ishlaydi. Siz umumiy holatni ko‘rasiz.
Har bir bo‘lim o‘z jadvali va chatida ishlasa, rahbar umumiy holatni qo‘ng‘iroqlar orqali yig‘adi.
Bo‘limlar bir xil, yangilangan ma’lumotlardan foydalanadi. Load qayerda, qancha pul olib keldi va nima e’tibor kutmoqda, bir joyda ko‘rinadi.
Tizim holatni va e’tibor talab qiladigan holatlarni ko‘rsatadi. Qarorlar sizda qoladi.
- 01RecruitingColumbus, OH nomzodi recruiterdaKutilmoqda
- 02Dispatch11/12: Truck 214 Atlanta’ga jo‘nadi, load #48213Bajarildi
- 03Updating11/14: 10:31 da yetkazildi, broker xabardor ediYetkazildi
- 04Billing11/14: POD tekshirildi, invoice yuborildiYuborildi
- 05Accounting12/09: $2,350 tushdi, ochiq qarz $5,100To‘landi
- 06Fleet va safetyPM servis 2 400 milyadan keyinRejada
Load #48213: bitta yozuv, to‘rt bo‘lim
E’tibor talab qiladigan holatlar
- 11/13 dagi fuel tranzaksiyasi: karta va truck joylashuvi mos emasAAccounting
- Medical card muddati 21 kunda tugaydiSSafety