Yechimlar · Boshqa sohalar
Sohangiz ro‘yxatda yo‘qmi? Jarayonlar baribir o‘xshash.
Ko‘p kompaniyalarda ish bir xil zanjir bo‘yicha boradi: murojaat, reja, bajarish, hisob-kitob. Bu bo‘g‘inlar ulanmasa, ish bajariladi-yu, foyda noaniq qoladi. Quyida konditsioner o‘rnatish va servis kompaniyasi misolida ko‘ring.
Misollar buyurtma asosida ishlaydigan xizmat kompaniyasi uchun. Har bir xizmat turining jarayoni alohida o‘rganiladi.
Namuna Raqamlar, nomlar va ekranlar tushuntirish uchun. Har bir tizim sizning jarayoningizga moslab quriladi.
01/06Murojaatlar
Murojaat qaysi kanaldan kelmasin, javobsiz qolmasin.
Murojaatlar qo‘ng‘iroq, Telegram va Instagram orqali keladi. Kim javob berishi aniq bo‘lmasa, mijoz kutib qoladi va boshqa kompaniyaga murojaat qiladi.
Ulangan kanallardagi murojaatlar bitta ro‘yxatga tushadi. Har biriga mas’ul va javob berish muddati belgilanadi.
Narx va ko‘rik vaqtini mijoz bilan menejer kelishadi.
Instagram · direct
Murojaat № 0871
- Kanal
- Ish turi
- —O‘rnatish, 3 dona
- Manzil
- —Yunusobod, 12-kvartal
- Mas’ul
- —Menejer, 1-navbat
- Javob muddati
- —10:45 gacha
02/06Ustalar rejasi
Ishni bo‘sh va malakasi mos ustaga bering.
Ish ustalarning bandligi va malakasini ko‘rmasdan taqsimlansa, biri ortiqcha yuklanadi, boshqasi bo‘sh turadi, murakkab ish esa tajribasi kam ustaga tushadi.
Ustalar malakasi, bandligi va ish muddati bitta jadvalda ko‘rinadi. Yangi ish shunga qarab rejalashtiriladi.
Ish kimga berilishini dispetcher tasdiqlaydi.
№ 0871 · 3 ta konditsioner
03/06Mijozga xabar
Mijoz “ish qaysi bosqichda?” deb qayta-qayta so‘ramasin.
Mijoz holatni bilish uchun menejerga, menejer esa ustaga qo‘ng‘iroq qiladi. Bu vaqt oladi va mijozda ishonchsizlik uyg‘otadi.
Usta bosqichni belgilaganda mijozga qisqa xabar yuboriladi: usta yo‘lga chiqdi, ish boshlandi, ish yakunlandi.
Muddat o‘zgarsa, mijoz bilan menejer o‘zi gaplashadi.
- KelishildiDushanba
- Usta yo‘lda09:20
- Ish boshlandi10:05
- Yakunlandi15:40
- QabulMijoz imzosi
Mijozga yuborilgan xabarlar
- 09:20Usta yo‘lga chiqdi, taxminan 10:00 da yetib boradi
- 10:05Ish boshlandi
- 15:40Ish yakunlandi, dalolatnoma yuborildi
Telegram · mijozga
Ish yakunlandi: 3 ta konditsioner o‘rnatildi. Dalolatnoma ilovada. Savol bo‘lsa, shu yerga yozing.
04/06Qo‘shimcha ish
Qo‘shimcha ish kelishilmasdan bajarilmasin va hisobdan tushib qolmasin.
Joyida qo‘shimcha ish chiqadi: quvur uzunroq, devor qalinroq. Usta og‘zaki kelishadi, keyin bu ish yo hisobga kirmaydi, yo mijoz bilan nizoga aylanadi.
Qo‘shimcha ish joyida yoziladi, mijozga tasdiq uchun yuboriladi va tasdiqdan keyin hisobga qo‘shiladi.
Mijoz rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha ish boshlanmaydi.
QO‘SHIMCHA ISH
Usta ilovasidan
№ 0871 buyurtmasiga biriktirildi
Hisobga qo‘shildi: 540 000 so‘m
05/06Buyurtma foydasi
Daromad ko‘rinadi. Har bir ishning foydasi ham ko‘rinsin.
Umumiy tushum ma’lum, lekin qaysi ish foyda, qaysi biri zarar keltirgani noma’lum. Chunki vaqt, material va subpudratchi xarajati ishga bog‘lanmagan.
Usta vaqti, ishlatilgan material va subpudratchi xarajati har bir buyurtmaga yoziladi. Ish yopilganda uning foydasi ko‘rinadi.
Narxlarni qayta ko‘rish bo‘yicha qaror sizda.
- Usta vaqti14 kishi-soat: 2 usta, yo‘l bilan1 260 000
- MaterialOmbordan: quvur, kabel, kronshteyn1 940 000
- SubpudratchiOlmos burg‘ilash xizmati450 000
Hisob summasiga tasdiqlangan qo‘shimcha ish kiritilgan. Ofis xarajatlari va soliqlar bu hisobga kirmagan.
06/06Umumiy holat
Har bir buyurtma: murojaatdan foydagacha.
Murojaat, reja, bajarish va hisob turli joyda bo‘lsa, rahbar faqat oy oxiridagi umumiy tushumni ko‘radi.
Har bir buyurtmaning holati, qo‘shimcha ishlari va foydasi bitta joyda ko‘rinadi.
Tizim e’tibor talab qiladigan holatlarni ko‘rsatadi. Qarorlar sizda qoladi.
- 01Murojaatlar12 ta yangi, 1 tasiga javob kechikdiE’tibor
- 02Ustalar rejasi№ 0871: Usta A, chorshanbaBajarildi
- 03Bajarish№ 0871 yakunlandi, mijoz xabardorTugadi
- 04Qo‘shimcha ish540 000 so‘m mijoz tasdiqladiTasdiqlandi
- 05Hisob№ 0871: 5 040 000 so‘mlik hisob yuborildiTo‘lov kutilmoqda
- 06Buyurtma foydasi№ 0871: yalpi marja 27,6%Hisoblandi
№ 0871: bitta buyurtma tarixi
E’tibor talab qiladigan holatlar
- № 0874 murojaatiga 15 daqiqada javob berilmadiMMenejer
- № 0866: yalpi marja 5% dan pastRRahbar