Bog‘lanish
Boshqa sohani tanlash

Yechimlar · Ishlab chiqarish

Xomashyodan tayyor mahsulot tannarxigacha.

Ishlab chiqarishda buyurtma, material, sex va hisob bir-biriga bog‘liq. Biri kechiksa, qolganlari ham kechikadi. Quyida tikuv fabrikasi misolida jarayonlar qanday bog‘lanishini ko‘ring.

Misollar tikuv ishlab chiqarishi asosida. Boshqa ishlab chiqarishda ham mantiq o‘xshash: quvvat, material, norma va tannarx.

Namuna Raqamlar, nomlar va ekranlar tushuntirish uchun. Har bir tizim sizning jarayoningizga moslab quriladi.

01/06Rejalashtirish

Buyurtma qabul qilindi. Uni o‘z vaqtida chiqara olamizmi?

Buyurtma liniyalar bandligi va material borligini tekshirmasdan qabul qilinsa, muddat buziladi yoki boshqa buyurtma surilib ketadi.

Buyurtmalar, liniyalar quvvati, ombor qoldig‘i va kutilayotgan yetkazib berishlar bitta ishlab chiqarish rejasida ko‘rinadi.

Qaysi buyurtmani oldinga olishni rejalashtiruvchi hal qiladi.

Ishlab chiqarish rejasi · noyabrNamuna
1112131415161718Liniya 1FutbolkaLiniya 2PoloLiniya 3Hudi
B-312 · 4 000
B-309 · 1 800
B-315 · 2 500
B-305 · 900
B-318 · 1 200
B-318 · 1 200
B-318 · 600
B-318 · 600

B-318 · hudi, 1 200 dona

Muddat17-noyabr
Mato15-noyabrda keladi
AksessuarOmborda bor
Liniya 318-noyabrda tugaydi

Muddatdan 1 kun kechikish xavfi

RRejalashtiruvchiIshni ikki liniyaga bo‘ldi, muddat saqlanadi

02/06Material

Material yetishmasligi ish boshlanganda emas, oldindan ma’lum bo‘lsin.

Ombordagi qoldiq faqat ish boshlanganda tekshirilsa, liniya to‘xtab qoladi va ishchilar bo‘sh turadi.

Har bir buyurtma uchun kerakli material ombordagi va yo‘ldagi material bilan solishtiriladi. Yetishmovchilik sanasi bilan ko‘rinadi.

Yetkazishni tezlatish yoki ishni surishni ta’minot bo‘limi hal qiladi.

B-315 · polo, 2 500 dona · materialNamuna
  • Omborda
  • Yo‘lda

Pike matokerak 1 150 m

820 m400 m · 14-noyKerak

Bichish 12-noyabrda: 330 m yetishmaydi

Tugmakerak 7 500 dona

4 1004 500 · 11-noyKerak

Yoqa (rib)kerak 2 500 dona

2 700Kerak
Bichish boshlanadi12-noyabr
Yetishmaydi330 m mato
TTa’minot bo‘limiYetkazishni 11-noyabrga tezlatishni so‘radi

03/06Sarf va brak

Normadan ortiq sarf qaysi liniyada bo‘layotganini biling.

Haqiqiy sarf va brak norma bilan solishtirilmasa, ortiqcha xarajat oy oxirida umumiy raqamga aralashib ketadi.

Sarf va brak partiya, smena va liniya kesimida normaga solishtiriladi. Og‘ish bo‘lsa, sababi so‘raladi.

Normani yoki jarayonni o‘zgartirishni texnolog hal qiladi.

Mato sarfi · 1 dona uchunNamuna
Liniya · smenaPartiyaNormaFaktBrak
Liniya 1 · AB-312/040,29 m…0,30 m…1,1%
Liniya 1 · BB-312/050,29 m…0,29 m…0,9%
Liniya 2 · AB-309/020,33 m…0,34 m…1,4%
Liniya 2 · BB-309/030,33 m…0,38 m…3,8%Sarf normadan 15% ko‘p, brak 3,8% (boshqa smenalarda 0,9–1,4%)

B-309/03 · Liniya 2, smena B

  1. Partiya 600 dona: 600 × 0,05 m = 30 m ortiqcha mato
  2. Smena boshlig‘idan sabab so‘raldi
  3. Javob: yangi bichish shabloni sinovda
TTexnologShablonni qaytarishni hal qiladi

04/06Sex holati

“Buyurtma qaysi bosqichda?” qo‘ng‘iroqsiz bilinsin.

Ish qayerdaligi qo‘ng‘iroq orqali aniqlansa, ma’lumot kech keladi va to‘xtash sabablari yozilmay qoladi.

Har bir bosqich tugaganda sexdagi planshetdan belgilanadi. To‘xtash vaqti va sababi ham shu yerda yoziladi.

To‘xtash sabablarini ko‘rib chiqish va chora ko‘rish rahbar ishi.

Sex · bugunNamuna
B-312 · futbolka, 4 000 donaMuddat: 14-noyabr
  1. Bichish4 000 / 4 000
  2. Tikish2 560 / 4 000
  3. PardozlashTo‘xtash: 40 daq
  4. QadoqlashKutilmoqda

Sexdagi planshetdan

  • 08:10Bichish yakunlandi: 4 000 dona
  • 11:40Tikish: 2 560 dona tayyor
  • 13:05Pardozlash: bug‘li dazmol nosoz, 40 daq to‘xtash
  • 13:45Ish qayta boshlandi

Bu ma’lumot kimlarga ko‘rinadi

  • SSex boshlig‘i
  • SSavdo menejeri
IIshlab chiqarish rahbariTo‘xtash sabablarini haftalik ko‘rib chiqadi

05/06Tannarx

Mahsulot tannarxi taxmin bilan emas, fakt bilan hisoblansin.

Tannarx oy oxiridagi umumiy xarajatdan yoki taxminiy normadan olinsa, qaysi mahsulot foyda keltirayotgani noaniq qoladi.

Partiya bo‘yicha material, ish haqi va kelishilgan ustama xarajatlar birlashtirilib, har bir partiyaning tannarxi hisoblanadi.

Narxni o‘zgartirish yoki normani qayta ko‘rish bo‘yicha qaror sizda.

Tannarx · B-301Namuna
1 dona futbolka tannarxiso‘m · B-301 partiyasi yopilgan
Reja
  • MatoHaqiqiy sarf, B-301 partiyasi18 400
  • Aksessuar va ipOmbordan chiqim2 100
  • Ish haqiBajarilgan ish, ishbay6 300
  • Ustama xarajatlarKelishilgan taqsimot: mashina-soat3 200
Haqiqiy tannarx30 000
Reja28 500
Farq+1 500 so‘m · +5,3%

Ustama xarajatlarni taqsimlash usuli siz bilan birga kelishiladi.

06/06Umumiy holat

Buyurtma, sex va tannarx bitta zanjirda.

Ma’lumot bo‘limlarda alohida bo‘lsa, rahbar holatni oy oxirida yoki qo‘ng‘iroq orqali biladi.

Buyurtmalar, reja, ombor, sex va tannarx bitta ma’lumot asosida ko‘rinadi.

Tizim e’tibor talab qiladigan holatlarni ko‘rsatadi. Qarorni mas’ul rahbar qabul qiladi.

Umumiy holat · fabrikaNamuna
  1. 01BuyurtmalarB-318 rejaga qo‘shildi, muddat saqlandiRejada
  2. 02Ta’minotB-315 uchun 330 m mato tezlashtirildiKutilmoqda
  3. 03SexB-312: tikish 64%, to‘xtash yozildiJarayonda
  4. 04SifatLiniya 2 · smena B: brak 3,8%Tekshiruvda
  5. 05OmborPike mato: 820 m, yo‘lda 400 mYangilandi
  6. 06MoliyaYopilgan B-301 tannarxi: 30 000 so‘mRejadan +5,3%

B-312 buyurtmasi: bitta yozuv

BuyurtmaRejaOmborSex

E’tibor talab qiladigan holatlar

  • Liniya 2 · smena B: mato sarfi normadan 15% ko‘pTTexnolog
  • B-315 uchun 330 m mato yetishmaydiTTa’minot

Bog‘lanish

Qaysi jarayonni yaxshilashdan boshlaymiz?

Biznesingizdagi vaziyatni aytib bering. Birinchi suhbatda muammoni va keyingi qadamni birga aniqlaymiz.

Yoki qisqacha yozib qoldiring