Yechimlar · Distribyutsiya
Buyurtmadan yetkazib berish va to‘lovgacha.
Distribyutsiyada agent, ombor, haydovchi va buxgalteriya bitta buyurtma ustida ishlaydi. Har biri o‘z ro‘yxatini yuritsa, xatolar va muddati o‘tgan qarzlar vaqtida aniqlanmaydi. Quyida ichimliklar distribyutori misolida ko‘ring.
Namuna Raqamlar, nomlar va ekranlar tushuntirish uchun. Har bir tizim sizning jarayoningizga moslab quriladi.
01/06Buyurtma qabul qilish
Buyurtma chatdan qayta yozilmasin.
Buyurtmalar Telegram va qo‘ng‘iroq orqali keladi, keyin kimdir ularni qo‘lda qayta kiritadi. Narx eskirgan, mahsulot esa omborda qolmagan bo‘lishi mumkin.
Telegramdagi xabardan buyurtma loyihasi tuziladi: amaldagi narx va ombordagi qoldiq darhol tekshiriladi. Agent loyihani tekshirib tasdiqlaydi.
Mijoz bilan kelishuv agentda qoladi.
Telegram · «Baraka» market
Buyurtma № 5118 · «Baraka» market
- Olma sharbati 1 l
- —4 blok × 96 000
- Suv 1,5 l
- —3 blok × 21 000
- Narx
- —Amaldagi narxlar, 1-noyabr
- Yetkazish
- —Ertaga, 1-reys
- Jami
- —447 000 so‘m
02/06Qarz nazorati
Muddati o‘tgan qarzi bor mijozga jo‘natma nazoratsiz ketmasin.
Buyurtma tasdiqlanayotganda mijozning qarzi va limiti ko‘rinmasa, tovar ketadi, qarz esa o‘sib boradi.
Buyurtma tasdiqlashda qarz, muddat va kredit limiti tekshiriladi. Qoida buzilsa, buyurtma to‘xtaydi va mas’ulga yuboriladi.
Istisno qilish yoki rad etishni savdo rahbari hal qiladi.
Buyurtma № 5124
«Nur» oziq-ovqat do‘koni
1 650 000 so‘m
Mijoz qarzi va kredit limiti
- ✓Narx va qoldiq tekshirildi
- !Limitdan 850 000 so‘m oshadi
- !18 kunlik muddati o‘tgan qarz bor
03/06Yetkazib berish
Agent, ombor va haydovchi bitta holatni ko‘rsin.
Agent “jo‘natildi” deydi, ombor “yig‘ilmoqda” deydi, haydovchi esa boshqa ro‘yxat bilan yuradi. Qaytarishlar umuman yozilmay qolishi mumkin.
Buyurtma yig‘ishdan yetkazishgacha bitta tarixga ega. Qaytarish ham sababi bilan shu tarixga yoziladi.
Qaytgan tovarni omborchi tekshirib qabul qiladi.
- Qabul09:12
- Yig‘ildiOmbor · 11:40
- Yo‘lda13:05
- Yetkazildi6 blok
- Qaytarish1 blok, shikast
Buyurtma tarixi
- 09:12Agent kiritdi: 7 blok
- 11:40Ombor yig‘di: 7 blok
- 13:05Haydovchi yukladi
- 14:20Mijoz qabul qildi: 6 blok
- 14:211 blok qaytdi: qadoq shikastlangan, foto biriktirildi
Bu ma’lumot kimlarga ko‘rinadi
- AAgent
- OOmborchi
- HHaydovchi
- BBuxgalter
04/06Savdo nuqtalari
Qaysi do‘konga borildi, qaysi biri qolib ketdi?
Agentning kunlik yo‘nalishi va tashrif natijasi faqat og‘zaki hisobotda bo‘lsa, ba’zi mijozlar haftalab qaralmay qoladi.
Rejadagi va haqiqiy tashriflar, har birining natijasi va keyingi vazifa bitta ro‘yxatda yuritiladi.
Yo‘nalishni o‘zgartirishni savdo nazoratchisi hal qiladi.
AAgent · Sergeli hududi
- 1«Baraka» marketBuyurtma
- 2«Nur» do‘koniBuyurtma
- 3«Oila» minimarketBuyurtma yo‘q
- 4«Sahar» do‘koniBorilmadi
- 5«Diyor» marketBuyurtma
- 6«Malika» do‘koniBorilmadi
- 7«Asl» marketYopiq edi
05/06Debitorlik
Qarz undirish xodimning xotirasiga bog‘liq bo‘lmasin.
Kimning qancha qarzi bor, qachon to‘lashga va’da bergan, kim eslatishi kerak, bular daftar yoki shaxsiy yozishmalarda qolsa, qarz cho‘zilib ketadi.
Qarzlar, mas’ul xodim, mijozning va’dasi va keyingi eslatma bitta jarayonda yuritiladi. To‘lov tushganda qarz yangilanadi.
Muddatni uzaytirish yoki yetkazishni to‘xtatishni rahbar hal qiladi.
«Nur» do‘koni
- Eslatma yuborildi · 15-noyabr
- Mijoz 20-noyabrgacha to‘lashga va’da berdi
- To‘lov tushdi: 2 000 000 so‘m
- Qolgan 2 200 000 uchun eslatma 21-noyabrga qo‘yildi
06/06Umumiy holat
Buyurtma, ombor, yetkazish va pul bitta zanjirda.
Agent, ombor, haydovchi va buxgalteriya alohida ro‘yxat yuritsa, rahbar kunning holatini kechqurun qo‘ng‘iroqlar orqali yig‘adi.
Har bir buyurtmaning yo‘li va har bir mijozning qarzi bir joyda ko‘rinadi.
Tizim e’tibor talab qiladigan holatlarni ko‘rsatadi. Qarorlar sizda qoladi.
- 01Agentlar3 ta yangi buyurtma, 2 ta tashrif qoldiJarayonda
- 02Kredit nazorati№ 5124: qisman to‘lov kutilmoqdaJo‘natilmagan
- 03Ombor№ 5118: qaytgan blok qabul qilindiYozildi
- 04Yetkazish1-reys: barcha manzillar yopildiTugadi
- 05DebitorlikJami qarz 7,29 mln so‘mYangilandi
- 06HisobotAgentlar kesimida savdoYangilandi
№ 5118 buyurtmasi: bitta tarix
E’tibor talab qiladigan holatlar
- «Asl» market: qarz 30 kundan oshdiSSavdo rahbari
- «Sahar» va «Malika» do‘konlariga borilmadiNNazoratchi